Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zomin davlat qo‘riqxonasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va aholi bandligi masalalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Zomin tumani Kengash deputati, hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Zomin tumanida “Salomatlik marafoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
"Yuqori Beshqo‘rg‘on" MFYda ichki yo‘llarni asfalt qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

 "Yuqori Beshqo‘rg‘on" MFYda ichki yo‘llarni asfalt qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

 Avval habar qilinganidek, Olmazor tumani “Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahallasi "Koshona", "Koshona 3-tor" va "Qayrima" ko‘chalaridagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash hamda hududdagi avtobus kutish bekatini ta’mirlash masalalari edi. 

 Mazkur murojaatlar asosida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Umarxadjoyeva Shaxnoza Maxsudovna tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari D.Mirxalikov nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

 Deputatlik so‘roviga javoban, ushbu masala yuzasidan tuman mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, "Koshona" ko‘chasida jami 1000 kvadrat metr ichki yo‘lni ta’mirlash ishlari 2026-yil ichki yo‘llarni ta’mirlash dasturiga kiritilganligi aniqlandi. Mazkur ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, "Koshona 3-tor" va "Qayrima" ko‘chalaridagi ichki yo‘llarni hamda hududdagi avtobus kutish bekatini ta’mirlash ishlari bo‘yicha zarur moliyaviy manbalar aniqlangach, tegishli pudrat tashkilotlari tomonidan amaliy ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

Mazkur masala tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan tartibda ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Mazkur masala deputat Sh.Umarxodjayeva tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan tartibda ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 1