Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi raisi A.Uzakov, kotibiyat mudiri L.Mamadiyorov hamda Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi vakillari tumandagi 70-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qurilish-rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida tuman Kengashi raisi tomonidan:
✅ Qurilish ishlarining sifati va mustahkamligiga alohida e’tibor qaratish;
✅ Ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash;
✅ “Xalqparvar” komissiyasi a’zolari tomonidan doimiy jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.