Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va yoshlar uchrashuvi

Deputat va yoshlar uchrashuvi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman kengashi 1-Buyuk ipak yo‘li saylov okrugi deputati B.Misratullayev Buyuk ipak yoʻli mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi – yoshlarning faolligini oshirish, ularni qonunchilik jarayonlari bilan tanishtirish hamda jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etishga undashdir. Yoshlar o‘z savollarini bevosita deputatga berish, mavjud muammolar bo‘yicha aniq javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, deputat yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatni oshirish va davlat dasturlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Xulosa qilib aytganda, deputat va yoshlar uchrashuvi – bu ochiq muloqot, hamkorlik va kelajakni birgalikda qurish maydonidir. Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ro'lini yanada mustahkamlaydi.

Slide 1 of 4