Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati

Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov va kotibiyat mudiri A.Avliyakulov Termiz tuman hududidagi Gulbahor mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan batafsil tanishdi.

Mazkur hudud tuman Kengashi raisiga biriktirilgan bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy holat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, yoshlar bilan ishlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4