Deputat nazorati.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G.Usmonova tomonidan o‘z hududidagi 8 va 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sog‘lom ovqatlanish tizimi hamda kuz–qish mavsumida issiqlik bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida ovqatlanish me’yorlariga rioya etilishi, mahsulotlar sifati va oshxonalarning sanitariya holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, isitish tizimining texnik tayyorgarligi, qozonxonalar va ichki tarmoqlarning ishlash holati ko‘rilib,aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ullarga kuzatuv xatlari yuborildi.