Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jizzax viloyati Kengash deputati O.Mamatqulov Zomin tumani Baxt mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Zomin_tuman_Kotibiyat
янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi 

Quva tumani
Tojik mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov,
F.Xashimovalar tomonidan “mahalla yettiligi” hamda faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
 

Uchrashuvdan
asosiy maqsad davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va inson qadrini ulug‘lashga
qaratilgan ishlar haqida aholini xabardor qilish, shuningdek, mahalla muammolarini
o‘rganish, murojaatlarni tinglash hamda ularga amaliy yechim topish orqali xalq
bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. 

Shu o‘rinda
deputatlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar, shuningdek, joriy yilda Tojik mahalla fuqarolar yig‘inining infratuzilmasini
yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga oid ko‘riladigan
chora-tadbirlar haqida ham atroflicha ma’lumot berdilar. 

Uchrashuv ochiq
va samimiy ruhda o‘tdi. Aholi vakillari bunday muloqotlar xalqning muammolarini
eshitish, ularni joyida hal etish va jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etishini ta’kidladilar. 

Tadbir yakunida
deputatlar tinglovchilar tomonidan bildirilgan takliflar, berilgan savollarga atroflicha
javoblar berdilar.  

Slide 1 of 5