Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Deputatlar Iftixor mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar

 Deputatlar Iftixor mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlarining saylov okruglarida aholi bilan ochiq muloqotlar
o‘tkazish, mahallalardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning
ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlari tasdiqlangan reja-jadval asosida
davom etmoqda. 

Ana shunday
uchrashuvlardan biri Iftixor mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi. Unda xalq
deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati M.Sayfiddinova hamda tuman Kengashi
deputati D.Sodiqovalar ishtirok etib, “mahalla yettiligi” a’zolari va mahalla faollari
bilan muloqot o‘tkazdilar. 

Muloqot davomida
mahallada aholini qiynayotgan dolzarb masalalar — infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni
ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj
oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi. 

Fuqarolar tomonidan
bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlar tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularning
yechimi bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar tartibi belgilab olindi. 

Shuningdek,
mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar
bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzasidan fikr almashildi. 

Deputatlar tomonidan
aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish
yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiya va topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 3