Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
янв.21
"Barcha tomonlarning muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari"
янв.21
“Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Tez tibbiy yordam хizmati” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekistonning global tashabbuslardagi faolligi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Yuksalish harakati vakillari bilan hamkorlikda shahardagi Vatan, Guliston va Miltiqsoz mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kirish yo‘laklari va yerto‘lalarning saqlanishi, tom qoplamalari, ichki muhandislik tarmoqlari, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, aholining mavjud muammolar, to‘lovlar tizimi va xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalarining shartnoma asosidagi majburiyatlari, bajarilgan ishlar hajmi va moliyaviy intizomi yuzasidan ham tahlillar o‘tkazildi. 

Mazkur o‘rganishlar natijasida muammoli masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6