Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tomonidan hududda umumxashar tadbiri o'tkazildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tomonidan hududda umumxashar tadbiri o'tkazildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan Olmazor tumani "Ahil" MFY idorisida Vatan tuygʻusini madh etuvchi qoʻshiqlar sadosi bilan xashar tashkil etildi. 

Xashar jarayonida "Oʻzbekiston Mahallalari Uyushmasi" raisining maslahatchi Ketmonov Hotamjon Abdurahmonovich va Olmazor tuman boʻlimi boshlig'i Shavkat Mirzaamedov hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi Xayrulla Xamidovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda okrugdagi jamoat joylarining tozaligi, yashil hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy-sanoat ehtiyojlarini qondirish borasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Deputat, ushbu tadbirni tashkil etish orqali fuqarolarni birlashishga, qo'shma sa'y-harakatlar bilan yashil va toza muhitni yaratishga chaqirdi.

Shuningdek, tadbirda qatnashganlar o'zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, istiqboldagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda ko'maklashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Ushbu umumxashar tadbiri, o'z navbatida, mahalliy jamoaning birligini mustahkamlash, atrof-muhitni asrash va kelajakda amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalarga katta turtki bo'lishi kutilmoqda.

Slide 1 of 6