Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi

 Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi 

  

🔹 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida mahallalarni
toza va ozoda saqlash maqsadida qabul qilingan farmoyish ijrosini ta’minlash yuzasidan
Farg‘ona tuman hokimligi tashabbusi bilan tuman hududida har shanba kuni “Hashar”
tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. Mazkur tashabbus doirasida tumanning Oqbilol
MFY hududida umumxalq hashari tashkil etildi. Tadbirda mahallada istiqomat qiluvchi
fuqarolar — katta-kichik birdek faol ishtirok etib, ko‘chalar, ariq-zovurlar va
jamoat joylarini tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
 

🔹 Ushbu tadbirda
ishtirok etgan Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev hasharning ahamiyatiga
to‘xtalib: “Hashar – insonlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiruvchi, mehr-oqibatni
mustahkamlovchi rishta”, — deya ta’kidladi.
 

🔹 Bunday ezgu
tashabbuslar mahallada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, hududni yanada obod va
ko‘rkam qilishga xizmat qilmoqda.
 

  

  

Telegram | Facebook |
YouTube
 

   

Slide 1 of 5