Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qodirov Husniddin Ravshan o‘g‘li tomonidan tumanning “Qiziltepa” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla faollari hamda fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aniqlangan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.