Yangiliklar

Shovot tumani “Yangi O‘zbekiston” mahallasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, v.v.b dotsent G.Eshchonova, tuman Kengashi deputati M.Ro‘zmetov, shuningdek, mahalla fuqarolari va o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, yoshlar ta’limi, ijtimoiy faollik va fuqarolik mas’uliyati masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Bunday tadbirlar aholining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2