Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Guliston shahar “Bahor” mahallasi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Bektemirov tomonidan “Bahor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan Yoshlar ko‘chasida beton elektr ustunlari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, SIP kabellari tortilmaganligi yuzasidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi hamda masala atroflicha muhokama qilindi. Jarayonda mahalla yettiligi a’zolari bilan ham muloqot o‘tkazildi, ularning fikr va takliflari inobatga olindi.

Mazkur masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish masalasi hudud deputati tomonidan nazoratga olindi. 

Slide 1 of 3