Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Zarbdor tumani hokimi, deputat Bekzod Tashpulatov aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarida belgilangan muddatlarda, to‘liq va sifatli ishtirok etishni jadallashtirish masalalari yuzasidan mutasaddilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ro‘yxatga olish jarayonining borishi, amalga oshirilayotgan ishlar holati, aniqlik va xolislikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tuman hokimi tomonidan mas’ul tashkilot va mutaxassislarga tadbirni belgilangan tartibda, sifatli va mas’uliyat bilan tashkil etish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.