Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
Zomin tuman Kengashi tomonidan muhim qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Kengash faoliyati
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Hududda "Chiqindilar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi o'rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati I.Karimova tomonidan hududda xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyat mudiri "Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi" Zomin tumani bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Zomin turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi
янв.21
Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Jomboy tumanida Oliy Majlis Senati vakillari tashrifi bo‘lib o‘tmoqda

Jomboy tumanida Oliy Majlis Senati vakillari tashrifi bo‘lib o‘tmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich hamda Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Abdullayev Bahrom Ismoilovichlar boshchiligidagi ishchi guruh Jomboy tumaniga ishchi tashrif amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida ularga Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi Negmatov Shuxrat Xudoyberdiyevich hamrohlik qildi.

Ishchi guruh a’zolari Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Kengash deputatlari va xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi atroflicha o‘rganildi. Deputatlarning masalalarni o‘rganish, tahlil qilish va nazorat faoliyatini samarali tashkil etish uchun yetarli sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6