Yangi
O'zbekiston-maktab ostonasidan boshlanadi.
Xalq deputatlari Oltiariq tumani kengashi deputati Q.Xoshimov, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, Jo'rak aholisi
hamda fidoyi ustozlar tashabbusi bilan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 6-umumta'lim maktabida xashar yo'li bilan keng ko'lamli qurilish obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, mahalladagi umumta’lim maktabida ta’mirlash va yangilash ishlari olib borilib, sinf xonalari zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi. Mahalladagi iqtidorli o‘quvchilar uchun qo‘shimcha to‘garaklar, kompyuter savodxonligi va chet tillarini o‘rganish kurslari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek tadbirkorlar tomonidan 6-maktab yaqinidagi 25-DMTTni ham ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.