Deputatlar A.Isroilov, X.Qudratov va G.Raimovalar tomonidan tumandagi Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing xizmatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim tashkilotlarida yagona mavsumiy taomnomaga amal qilinganligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalari talablariga mos sharoitlar yaratilganligi, tayyor taomlarning shu kungi taomnomaga har tomonlama mosligi, taomlarning vazni, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari yagona mavsumiy taomnomaga mosligi, taom tayyorlashda texnologik kartalardan foydalanayotganligi hamda autsorsing tashkilotlar tomonidan yetqazib berilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining sifat sertifikatlarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.