Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президентимиз яна бир ташаббусни илгари сурди.
янв.21
Давлатимиз раҳбари уюшмаган ёшлар билан ишлаш масаласига тўхталиб ўтди.
янв.21
Президент ҳозирда банд бўлмаган 92 минг битирувчини ишга жойлаштириш ва қўшимча иш ўринларини яратиш йўналишларини кўрсатиб ўтди.
янв.21
Zomin tumanida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi
янв.21
#MUNOSABAT
янв.21
Prezident topshiriqlari ijrosida — Zominda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
янв.21
#MUNOSABAT
янв.21
Zomin tumanida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi
янв.21
БМТ конференцияси доирасида давлат раҳбарлари Марказий Осиё мамлакатлари ва Озарбайжоннинг павильонлари билан танишдилар.
янв.21
Zomin tumanida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda
Yordon MFYdagi sanitariya holati deputatlar nazoratida

Yordon MFYdagi sanitariya holati deputatlar nazoratida

Farg‘ona tumani Kengashi deputatlari hamkorligida Yordon mahalla fuqarolari yig‘ini hududida ekologik holatni o‘rganish va sanitariya talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida ekoreyd o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida chiqindilar belgilangan muddatda olib ketilmayotgani, natijada ko‘chalarda chiqindi uyumlari to‘planib qolgani aniqlandi. Bu esa nafaqat mahalliy aholi, balki ushbu so‘lim hududga dam olish maqsadida tashrif buyurayotgan mehmonlarning ham haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat sanitariya qoidalariga zid bo‘lib, aholi salomatligi va hudud estetikasiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Deputatlar ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llab, chiqindilarni o‘z vaqtida va muntazam ravishda olib ketish bo‘yicha “Deputatlik so‘rovi” chiqarilishi bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida bunday holatlarni oldini olish uchun mas’ul idoralar faoliyati kuchaytirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi 

Slide 1 of 2