Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupov Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini
yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosi yuzasidan “Mahalla ettiligi” bilan birgalikda saylangan okrugidagi Mirzo Ulug‘bek mahalla aholisining muammolarini o‘rgandi. O‘rganish davomida Binokor ko‘chasidagi ko‘p qavatli 1-2-uylardagi birinchi navbatdagi masalalalar, mahalladan chiqindi olib ketishdagi uzilishlar, elektr energiyasi kuchlanishining pastlagi, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalalalari aholi tomonidan bildirildi.
Deputat ko‘p qavatli uy hozirda o‘zini-o‘zi boshqarish shaklida faoliyat olib borishi, muammolarni Boshqaruv servis kompaniyasi orqali hal etish mumkinligi, elektr energiyasidagi muammolar shu yil hal etilishi, hozirda rekonstruksiya ishlari davom etayotgani haqida ma’lumot berildi.
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi joriy yilning 2-mavsumida “Tashabbusli budjet” ga tashabbus kiritilgani va aholi birlashgan
holda mazkur masala ham ijobiy hal etilishi mumkinligi tushuntirdi.