Doimiy komissiya va deputatlar faoliyati tahlil qilindi.
🔹Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi hamda kotibiyatining ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2024-yil 8-noyabrdagi “Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-1-07-9-122-K/24-son qarorining 2-ilovasida belgilangan vakolatlrari bo‘yicha tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar rejalashtirilib olindi.
🔹Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva, I.Qo‘chqorova, K.Xakimova, G.Qorayeva va O.Joniqulovlarning faoliyat samaradorligi o‘rganildi. A.Uljayeva, I.Qo‘chqorova, K.Xakimova, G.Qorayevalarning faoliyati qoniqarli deb topildi, O.Joniqulovning faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.