Shu yilning 4-5 avgust kunlari Turkmanistonda Birlashgan Millar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan anjumanda transport va logistika masalalari asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonning bu boradagi qarashlari o‘zgargan: endi mamlakat o‘zini shunchaki tranzit hudud emas, balki barqaror logistika markazi sifatida ko‘ra boshladi.
Prezidentimiz Turkmaniston orqali Kaspiy dengiziga chiqish, u yerdan Kavkaz va Yevropa bozorlariga yuk yetkazish yo‘llarini qo‘llab-quvvatlar ekan, bu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy erkinlik masalasi ekanini urg‘uladi. Bu qarashlar faqat yo‘l va poyezd haqida emas – bu geoiqtisodiy mustaqillik haqida.
O‘ylaymanki, O‘zbekiston bu orqali o‘zining geografik joylashuvini yana-da samarali foydalanishga intilayapti va shu yo‘l bilan xalqaro savdodagi ulushini oshirishni maqsad qilmoqda.
Nursulton Xosilmurodov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati