Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 15-Cho‘rindi saylov okrugi deputati Sharipov Azizxon Alisher o‘g‘li 2025-yil 22-aprel kuni o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qarorlar haqida saylovchilarga atroflicha tushuntirishlar berib, “mahalla yettiligi” a'zolari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar haqida to'xtalib o'tdi. saylovchilardan kelgan murojaat va takliflar yuzasidan mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
Shuningdek deputat Cho‘rindi mahallasida joylashgan 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabi hamda 4-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, ta'lim muassasalarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muammo va takliflar o‘rganildi.