Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yangikent mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi
янв.21
Yangikent mahallasida yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Deputat Z. Mullajonov og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlamoqda
янв.21
Deputat Z. Mullajonov Taraqqiyot MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida Xon-Xo‘ja qabristonini obodonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Taraqqiyot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ABDUVOHID TURDIBOYEV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.

Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev saylangan okrugidagi “Birlik” va “Sutbuloq” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Yig‘ilishda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari F.Tojiqulov tuman hokimligi bosh mutaxassislari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari, “Birlik” va “Sutbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va a’zolari ishtirok etishdi.

⚡️Uchrashuvda deputat 2025-yilning 1-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berib o‘tdi.

⚡️Uchrashuv davomida ishtirok etayotgan fuqarolarga davlatimiz tomonidan inson manfaati va xalqimiz farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati va maqsad, vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi.

⚡️Uchrashuv davomida saylovchilar mahalladagi muammolar yuzasidan o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

⚡️Tadbirda ko‘tarilgan barcha masalalarning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda tegishli mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash belgilab olindi.

Slide 1 of 3