35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
#biriktirilgan_tashkilot


✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 6-Ravot saylov okrugidan saylangan deputati N.Baxriyev hamda "Tozahudud" davlat unitar korxonasi rahbari Sh.Nurboboyev birgalikda saylov okrugidagi "Katta Ravot" mahallasida bo'lishdi.

✔️Asosiy maqsad hududda maishiy chiqindilarni o'z vaqtida va belgilangan tartibda olib chiqib ketilish holatlarini ko'zdan kechirish, aholi uchun qulay va toza muhit yaratish jarayonlarini nazorat qilishdan iborat bo'ldi.

✔️O'rganish jarayonida:
Mahalla ko'chalarida maishiy chiqindilarni yig'ish va maxsus texnikalarning grafigi ko'rib chiqildi.
Aholining bu boradagi murojaatlari va takliflari tinglandi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklar va muammolar joyida bartaraf etildi.
Mahalliy aholi vakillari mas'ullarning tashabbusi va muammolarga tezkor yechim topilganidan mamnuniyat bildirishdi.
✔️“Atrof-muhit musaffofigini saqlash va mahallalarda tozalikni ta'minlash barchamizning umumiy burchimizdir. Aholi muammolarini o'z vaqtida hal etish yo'lida bunday amaliy uchrashuvlarni davom ettiramiz,” — deydi deputat N.Baxriyev.

Slide 1 of 1