#Fuqaro_muamosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🟢 Aholi bilan yaqin muloqot — muammolarni joyida o‘rganish
📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining «4-Uch yog‘och–Qorabog‘» saylov okrugi deputati K.Hashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov Qorabog‘ mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordilar.
🏡 Har bir xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, aholining munosib yashash sharoitini ta’minlash maqsadida xonadonlarga kirib, fuqarolarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Uchrashuvlar davomida aholini qiynayotgan muammolar, mavjud shart-sharoitlar va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
📌 Bunday xonadonbay va ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimiga e’tibor qaratishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.