35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan “Shanpan” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyat deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.Shuningdek,mahalla xotin-qizlar faoli Topilova Gulzora tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, ta’lim va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishida 20 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan,2 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun jami 50 million so‘m kredit ajratilgan,3 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib,ularga sertifikatlar berilgan hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun ko‘mak ko‘rsatilgan.Oilalarniqo‘llab-quvvatlash borasida ajrim yoqasida turgan 5 ta oilaning muammolari o‘rganilgan,mahalla yarashtiruv komissiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 3 ta oila yarashtirilgan,qolgan 2 ta oila bilan yarashtirish choralari davom ettirilmoqda.Shuningdek, 1 nafar xotin-qizga imtiyozli kvota asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib,oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.O‘rganish yakunida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning
ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4