35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich boshchiligida “Xidirsho” mahallasida mahallani “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xonadonbay va joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda mahalla yettiligi vakillari, ko‘chaboshilar hamda faol va nuroniy fuqarolar ishtirok etdi.

Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlik va aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va yo‘laklarning tozaligi, sanitariya holatini yaxshilash, hududlarni tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish hamda atrof-muhitni ozoda saqlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni manzilli va amaliy hal etish, mahalla hududini obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — mahallalarda obodlik va farovonlikni ta’minlash, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni har bir mahallada amaliy ishlar orqali namoyon etishdan iborat.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10