Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov tomonidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi hamda mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar faoliyati, ularning yig‘ma jildlarini belgilangan tartibda yuritish, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, shuningdek, deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan o‘rganish va nazorat tadbirlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, Kengash va doimiy komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalari ijrosi, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobot hamda axborotlarini eshitish, sessiyalar kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli tayyorlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish hamda doimiy komissiyalar tomonidan hududlarga chiqib o‘rganishlarni tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🖥 Kengash faoliyatida elektron ish yuritish tizimlaridan samarali foydalanish, deputatlik so‘rovlari va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, hujjatlar ijrosini nazorat qilish, shuningdek, deputatlar faoliyatining natijalarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

🔎 Alohida e’tibor deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida tizimli o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan muhim qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida o‘rganish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

📍 Shu bilan birga, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni deputatlar tomonidan sessiyadan oldin o‘z saylov okruglarida tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda o‘rganish, yechimini kutayotgan muammolarni kotibiyatga taqdim etish, aniqlangan masalalarni deputatlik nazoratiga olish va ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

🤝 O‘rganish yakunida Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, saylovchilar bilan muloqot samaradorligini oshirish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan Davronbek Ravshanbekov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4