Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
Tashabbusli byudjet - g‘olib loyihalar moliyalashtiriladi

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa @Kengash_qarori #Open_byudjet

Tashabbusli byudjet - g‘olib loyihalar moliyalashtiriladi

🇺🇿 Uchtepa tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qadam tashlandi. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining g‘olib loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash hamda ularni moliyalashtirish to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilindi.

🕯 Mazkur loyihalar fuqarolarning bevosita tashabbuslari va ovoz berish natijalari asosida shakllangan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi mahallalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

↗️ Qaror asosida g‘olib loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlanib, ularni belgilangan tartibda moliyalashtirish choralari ko‘riladi. Mazkur Kengash qaroriga asosan tumanda g'olib deb topilgan 15 ta loyihaga tumandagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan jami 19 mlrd. 719 mln. 300 ming so'm mablag'lar ajratilishi belgilandi. Kelgusida loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘ladi.

📈 “Tashabbusli byudjet” — aholi fikri va tashabbusini amaliy natijaga aylantirishning muhim mexanizmi. Uchtepa tumanida g‘olib loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi orqali mahallalar yanada obod, infratuzilma esa aholiga yanada qulay bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9