Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 6-may ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati
Gʻ.Saitboev tomonidan “Otayurt” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar oʻrganildi. Joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida fuqarolarning ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalari atroflicha tahlil qilinib, ularning asl sabablari aniqlandi.
Fuqarolar bilan muloqot jarayonida bildirilgan murojaatlar tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, hal etilishi qoʻshimcha chora-tadbirlarni talab etuvchi muammolar boʻyicha mas'ul tashkilotlarga deputat soʻrovlari yuborishga qaror qilindi.
Mazkur tashabbus aholi muammolarini tizimli ravishda hal etish, davlat organlari mas'uliyatini oshirish hamda joylardagi dolzarb masalalarga tezkor yechim topishga qaratilgan muhim qadam sifatida xizmat qiladi.

Slide 1 of 2