Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari T.Rahimov hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili va O‘rtaboz mahallasi raisi bilan hamkorlikda 24-O‘rtaboz saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-sonli qarori asosida qurilayotgan oilaviy poliklinika binosidagi qurilish ishlarining borishini o‘rgandi.
➡️O‘rganish davomida obyektning bugungi holati, qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi, qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda belgilangan loyiha va reja-grafik asosida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
➡️Shuningdek, yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirilgach, hudud aholisiga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati yanada yaxshilanishi, zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayishi hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.
➡️O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, obyektni zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
➡️Ta’kidlash joizki, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.