Mazkur ishlar Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2026-yil 16-iyundagi VII-28-90-3-52-K/26-sonli qarori asosida Tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida deputatlar ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan reja asosida olib borilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi bilan tanishdilar. Shuningdek, xonadon egasi bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud ehtiyoj va takliflar tinglandi.
Deputatlar bunday ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazoratini davom ettirishlarini ta’kidladilar.