Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 451-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ta’mirlash ishlari uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengash qarori bilan mablag‘ ajratilgan edi.

Joriy yilning bahorida maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonlari Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlarining okrug deputatlari tomonidan nazorat qilinib borildi.

Xozirda barcha ta’mirlash ishlari yakunlanib, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 451-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlar uchun xizmat qilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 451-sonli DMTTning bugungi kun holati Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov tomonidan o‘rganildi.

Slide 1 of 4