Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘razaliyeva tomonidan Zarbdor tumanining Oybek mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o'tkazmoqda.

🤝 Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Tadbirda O'z XDP Jizzax viloyati Kengashi raisi Nuriddin Xolmatov, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Gulzoda Xudoyarova, 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi.

✅Bunday sayyor qabullar fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.