🏛 "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-844, 2023-yil 24-may) fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa yoshlarni alkogol va tamaki mahsulotlarining salbiy ta’siridan himoya qilishga qaratilgan.
🚭 Mazkur Qonun ijrosi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hududlarda qonun talablariga rioya etilishini, profilaktik tadbirlar va mas’ul tashkilotlar faoliyatini deputatlik nazorati orqali o‘rganadi hamda zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovlari yuboradi.
📌 Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va yoshlar salomatligini asrash – mahalliy Kengashlar nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube