Bugun tuman deputati tashabbusi bilan "Qahramon" mahallasida yashovchi S. Parmonovaga oilaviy daromadini oshirish maqsadida tikuv mashinasi taqdim etildi. Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Z.Qodirovaning ijtimoiy ko‘makka muhtojligi hisobga olinib, uyining ta'mirtalab qismi ta'mirlab berilmoqda.