Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi

Guliston shahar “Sayqal” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi quvurlari qopqoqlarining nosoz holati yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur masala Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Rahmatjon Maksumov tomonidan o‘rganilib, holat joyiga chiqib tahlil qilindi.

Deputat tashabbusi bilan mas’ul tashkilotlarga tezkor ravishda murojaat qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Natijada ichimlik suvi quvurlari qopqoqlari ta’mirlanib, muammo to‘liq bartaraf etildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalaga tezkor munosabat bildirilgani va muammoning ijobiy hal etilgani yuzasidan minnatdorlik bildirildi.

Slide 1 of 1