Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qurilish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat Tadjimurodov tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida piyodalar yo‘laklari, obodonlashtirish hamda aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish sifati va belgilangan muddatlarga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish, aholining manfaatlarini inobatga olish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi farovonligini oshirish, zamonaviy va qulay infratuzilmani shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1