Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Buxalima Soliyeva tomonidan “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘z saylov okrugi hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabida tuman Adliya bo‘limi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman Adliya bo‘limi rahbari tomonidan yoshlarga oid qabul qilingan qonunlar va qarorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan atroflicha javob oldilar. 🤝

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularning faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish hamda jamiyat hayotidagi ishtirokiga turtki beradi.

Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar — yurt kelajagiga qaratilgan e’tibordir!

Siz ham bizni kuzatib boring!

Slide 1 of 4