Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari F.Navruzov, G.Dosova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonuni ijrosi yuzasidan tumandagi Maxtumquli mahallasida tashkil etilgan savdo do‘koni faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mazkur savdo do‘koni orqali aholi uchun zarur bo‘lgan kundalik iste’mol mahsulotlari va boshqa kerakli savdo buyumlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
🔹 Chegara hududi hisoblangani sababli aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida barcha zarur mahsulotlar bilan ta’minlangani alohida ta’kidlandi.
🔹 Shuningdek, tadbirkor tomonidan yangi 3 ta ish o‘rni yaratilgani hamda aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shilayotgani e’tirof etildi.
✅ O‘rganish yakunida oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatishni yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.