Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLAR VA XALQ MULOQOTI: QO‘QONNING YANGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI AMALDA

Bugun deputat nafaqat xalq vakili, balki mahallalardagi islohotlarning bosh ijrochisi va tashabbuskoriga aylanmoqda. "Urganjibog‘" MFYda bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuv buning yaqqol isboti bo‘ldi. Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari Sh. Dehqonov va I. Fayzullayevlar aholi bilan bevosita muloqot qilib, shahrimizni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berishdi.

Deputatlar diqqat markazida nimalar bor? Xalq vakillari Prezidentimiz tomonidan Qo‘qon shahri uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalar va "Qo‘qon tajribasi"ning mazmun-mohiyatini mahalla ahliga sodda va hayotiy misollar bilan tushuntirib berdilar.

Uchrashuvning asosiy nuqtalari: Daxldorlik hissi: Deputatlar har bir fuqaroni shahar taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga, mahalla hayotida faol bo‘lishga chorladilar. Murojaat yo‘llandi: Shaharning ziyolilari, nuroniylari va tadbirkorlari nomidan aholiga yo‘llangan tarixiy MUROJAAT o‘qib eshittirildi. Birdamlik chaqirig‘i: Deputatlar "Birlashgan o‘zar" tamoyili asosida Qo‘qonni respublikada namunali hududga aylantirish bo‘yicha aniq takliflarini ilgari surdilar.

"Deputatning maqsadi — xalqning dardini eshitish va Prezident belgilab bergan islohotlarni har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashdir", — deya ta’kidladi xalq vakillari.

Bu kabi uchrashuvlar deputat va saylovchi o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini mustahkamlashga hamda hududdagi muammolarni birgalikda hal etishga xizmat qiladi. Qo‘qonning yangi qiyofasini yaratishda barchamiz mas’ulmiz!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5