🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PF–98-son Farmon mamlakatimizda davlat boshqaruvi va mahalliy vakillik organlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
🔍 Farmonning asosiy maqsadi:
Mahalliy kengashlar rolini kuchaytirish
Hududlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash
Aholi muammolarini joyida hal etish mexanizmlarini takomillashtirish
🧩 Asosiy yangiliklar:
✔️ Xalq deputatlari kengashlarining nazorat vakolatlari kengaytirildi
✔️ Hududiy ijro organlari ustidan deputatlik nazorati kuchaytirildi
✔️ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtirildi
✔️ Qarorlar ijrosi ustidan tizimli monitoring joriy etildi
📊 Natija nima bo‘ladi?
Mazkur farmon orqali mahalliy kengashlar haqiqiy “xalq ovozi”ga aylanib, hududiy rivojlanish masalalarida faol va ta’sirchan institut sifatida shakllanadi.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati