Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan hududdagi infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
Deputat va profilaktika inspektori hamkorligi – mahalla osoyishtaligi garovi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Hududdagi elektr xavfsizligi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi o‘z samarasini berdi: "Sharq yulduzi"da infratuzilma yaxshilanadi
янв.21
Deputat tomonidan qonun mazmuni xodimlarga tushuntirildi
янв.21
“Zarbdor tajribasi”: Deputat F.Sarimsakov sport infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan maktablarda yangi qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Aholi bandligi: Deputatning pillakorlar bilan uchrashuvi
янв.21
“Zarbdor tajribasi”: Deputat tomonidan sport ob’ektlarining holati o‘rganildi
#96_ta_qonun 🎮 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining huquqiy bilimini oshirish, zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida biriktirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida 12-Xalqobod saylov okrugi deputati Kuvondikov Laziz Melikuziyevichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni (2024-yil 5-iyun, O‘RQ-931)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni (2022-yil 15-aprel, O‘RQ-764)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish deputat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgan bir paytda kiberxavfsizlikni ta’minlash, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mansabdor shaxslar faoliyatida halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, ushbu deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Qarshiyev Mamurjon Doniyor o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimini mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1