Tibbiy xizmat
sifati — deputat e’tiborida
Aholi salomatligini muhofaza
qilish va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish bugungi kunning eng
muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda, 3-Mitan saylov okrugi deputati B.Abralov
tomonidan tuman Markaziy oilaviy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib
borildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
Tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar;
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning tezkorligi va sifati;
Tibbiyot xodimlarining muomala madaniyati va murojaatlar bilan ishlash
tizimi.
Deputat o‘rganish davomida shifokorlar va muassasaga tashrif buyurgan
fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi.