🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qaroriga asosan 2026-yil birinchi mavsum yakuni bilan tashabbusli budjet jarayoni doirasida g‘olib bo‘lmagan takliflar ichidan aholining kundalik hayotiga va hududni rivojlantirishga bevosita ta’sir qiluvchi loyihalar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari F.Axmedov, Y.Narbekov, S.Ramatjonov tomonlaridan Qonunchilik palatasi deputatlari ishtiroklarida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida tumanning “Qoramozor”, “Sijjak”, “Bunyodkor” mahallalarining ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihalarini respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanib, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish belgilandi.