Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri tomonidan tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi bandligi borasida normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o'rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko'rsatish holati o'rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish muhokama qilindi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi

Bugun xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va yoshlar siyosatiga oid jami 6 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Moliya va iqtisodiyot: Tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjeti erkin qoldiq mablag‘lari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan tegishli sohalarni rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yoshlar siyosati: Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va qarorlar ishlab chiqish jarayoniga jalb etish maqsadida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Guruh tarkibi Yoshlar ishlari agentligi va siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra, eng faol, tashabbuskor yoshlar yetakchilari hamda talaba-o‘quvchilar bilan yangilandi.

Tashkiliy masala: 4-sonli "Keneges" saylov okrugidan saylangan deputat K.Aytbayevning boshqa ishga (ijro hokimiyati organiga) tayinlanganligi hamda Toshkent shahriga ko‘chib ketganligi munosabati bilan, uning o‘z arizasiga binoan deputatlik vakolati muddatidan oldin ixtiyoriy ravishda tugatildi.

Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining tegishli qarorlari bir ovozdan qabul qilindi.

Shuning bilan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 5