Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Tumanimizda yoshlar o‘rtasida sportni yana-da rivojlantirish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xudayorov tomonidan Nurobod tumani sport maktabi faoliyati o‘rganildi.

️ O‘rganish jarayonida sport maktabining moddiy-texnika bazasi, mashg‘ulotlar jarayoni, murabbiylar faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Deputat tomonidan sport maktabidagi yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini yana-da oshirish borasida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3