Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy yordam berildi
янв.21
Deputat tomonidan bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritish masalasi joyiga chiqib hal etildi
янв.21
Yangiobodda xotin-qizlar va yoshlar masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
Deputat tomonidan Agrotex xizmatlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
янв.21
Parrandachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

📌 PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

Oynako‘l mahallasida infratuzilma yanada yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abdumalik Nomozov Oynako‘l mahallasida o‘rganish olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 141-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni rivojlantirish loyihasi” doirasida Qamashi tumanidagi Oynako‘l mahallasida ham qator muhim infratuzilma loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda.

Xususan, mahallada 620 o‘quv o‘rinli 18-sonli umumta’lim maktabi binosini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 330 o‘quv o‘rinli yangi umumta’lim maktabi binosini qurish ishlari ham boshlangan.

Bundan tashqari, hududda aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida 4 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi tungi yoritish chiroqlari bilan birga barpo etilmoqda.

Ayni paytda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi raisi Abdumalik Nomozov tomonidan o'rganilib borilmoqda.

Slide 1 of 1