Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy yordam berildi
янв.21
Deputat tomonidan bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritish masalasi joyiga chiqib hal etildi
янв.21
Yangiobodda xotin-qizlar va yoshlar masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
Deputat tomonidan Agrotex xizmatlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
янв.21
Parrandachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa

🏡 Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa

📍 Oynako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Nomozov, mahalla yettiligi a’zolari, faol nuroniylar hamda ko‘chaboshilar ishtirok etdilar.

🌳 Yig‘ilish davomida mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🛡 Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa kiberxavfsizlikka oid jinoyatlarni barvaqt aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

📌 Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.