Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy yordam berildi
янв.21
Deputat tomonidan bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritish masalasi joyiga chiqib hal etildi
янв.21
Yangiobodda xotin-qizlar va yoshlar masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
Deputat tomonidan Agrotex xizmatlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
янв.21
Parrandachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
YURT OBOD BO'LSA FAYZU BARAKA BO'LADI.

Bugun 13–14-mart kunlari Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda umumxalq hashari o‘tkazilayotgani munosabati bilan bugun tumanimizning barcha hududlarida ham obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Hashar jarayonida mahalla fuqarolari, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda yoshlar faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Jumladan, ko‘cha va yo‘laklar tozalanib, ariqlar tartibga keltirilmoqda, hududlarda tozalash ishlari olib borilmoqda, daraxt va gul ko‘chatlari ekilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy obyektlar atrofini obodonlashtirish, aholi yashash maskanlarini yanada fayzli holga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur umumxalq hashari orqali hududlarda ozodalikni ta’minlash, tabiatni asrab-avaylash hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tumanimiz aholisi ushbu xayrli tashabbusda faol qatnashib, yurtimiz ravnaqi va hududlarimiz obodligi yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqda.

Buloqboshi tuman Kengashi

Slide 1 of 7